Virtual qabulxona

Agentlik direktorining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi

Asosiy yangiliklar 1 670 marta körilgan

Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va xodimlari tomonidan doimiy ravishda fuqarolarni shaxsan qabul qilinib, muammolarning yechimini topish bo‘yicha tegishli saʼy-harakatlar amalga oshirib kelinadi.

Bugun ham Agentlik direktori A.Burxanovning fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Respublikaning turli hududlaridan kelgan fuqarolar o‘z murojaatlarida asosan sud-huquq masalalarida hamda turli davlat organlari, mahalliy hokimliklarda murojaatlarining to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilmayotganligidan hamda korrupsiyaviy holatlardan noroziliklar bildirishdi.

Qabulda fuqarolarning murojaatlari to‘liq tinglanib, muammolarning yechimi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Ijrosi o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar